Oʻzbekistonliklar iPhone 14 Pro smartfonini sotib olish uchun necha kun ishlashi kerak?
Oʻzbekistonliklar iPhone 14 Pro smartfonini sotib olish uchun necha kun ishlashi kerakligi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Picodi” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston fuqarolari asosiy konfiguratsiyadagi iPhone 14 Pro uchun 103,7 kun ishlashi kerak boʻladi. Gadjetning narxi 999 dollarni tashkil qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, bu toʻrtta shtat uchun tegishli “sof” narx (0 foiz savdo soligʻi). Masalan, Oʻzbekistonda 14 Pro uchun taxminan 1,6 ming dollar toʻlashingiz kerak boʻladi.
Oʻzbekistonda 2021-yilga nisbatan talab qilinadigan ish kuni bir haftaga oshgani maʼlum qilingan. Shuningdek, yangi iPhone olish uchun eng kam ishlashi kerak boʻlgan davlat vakillari bu — shveysariyaliklar (4,6 kun). Eng yomon natija Argentinada boʻlib, u yerda gadjet 180 kunlik ish haqi evaziga harid qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston ushbu reytingda iPhone 14 Pro uchun eng koʻp kun ishlash kerak boʻlgan 5-davlat boʻlib turibdi. Undan yuqorida qoʻshni Qirgʻiziston, Turkiya, Tojikiston hamda Argentina joy olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122707 | Инструменты