Huawei 1
O‘zbekistonliklar Qatarga ishga yuboriladi

O‘zbekiston fuqarolari Qatarga ishga yuboriladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. 

Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi va Qatarning “Jusour” bandlik agentligi rahbariyatlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Qatar tomoni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha  hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanini va turizm, IT va tibbiyot sohalari mutaxassislariga talab va qiziqish mavjudligini ta’kidladi. 

“O‘zbekiston Qatar davlati uchun har sohada strategik hamkor mamlakat hisoblanadi. Shu bois yurtingizdan malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ham katta rejalarimiz bor”, dedi Qatarning “Jusour” bandlik agentligi rahbari Abdulhodiy Bihayt Barqon.

Uchrashuvda ikki tomon ushbu imkoniyatlardan foydalanib, O‘zbekiston fuqarolarini Qatar davlatida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun hamkorlik shartnomasini tez kunlarda imzolashga kelishib oldi.

“Jusour” bandlik agentligi Qatar hukumatiga tegishli bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining asosiy sektorlarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты