Huawei 1
Oʻzbekistonning 47 ta oliy taʼlim muassasalari dunyoning 1000 ta eng nufuzli universitetlar qatoridan joy oldi

2023-yil 1-iyun kuni  Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan “THE Impact Rankings”  reytingi  eʼlon qilindi.

Reytingda Oʻzbekistonning 47 ta oliy taʼlim muassasalari qayd etildi. Jumladan, mazkur roʻyxatda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 601–800-oʻrin, 

Toshkent davlat agrar universiteti – 801–1000-oʻrin, 

Toshkent davlat yuridik universiteti – 801–1000-oʻrin

AKFA universiteti – 1001-o'rin,

Andijon mashinasozlik instituti – 1001-o'rin,

Andijon davlat universiteti – 1001-o'rin,

Andijon davlat tibbiyot instituti – 1001-o'rin,

Andijon davlat pedagogika instituti – 1001-o'rin,

Buxoro davlat universiteti – 1001-o'rin,

Buxoro davlat tibbiyot instituti – 1001-o'rinni egalladi.

2021-yilda “Times Higher Education” agentligi tomonidan eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida yurtimizning 10 ta, 2022-yilda esa 30 ta oliy taʼlim muassasalari oʻrin egallagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20515 | Инструменты