Huawei 1
O‘zsanoatqurilishbank sun’iy intellekt bilan ishlovchi ChatGPT chat botini ishga tushirdi

Chat bot bank tizimidagi kunlik vazifalar, xususan, mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi:

- mijozlarning so‘rovlari qisqa muddatda ko‘rib chiqilmoqda;

- mijozlardan bank mahsulotlari haqida takliflar olishi ta’minlandi.

Yaqin istiqbolda ChatGPT yordamida biznes jarayonlarni optimallashtirish ko‘zda tutilgan.

Chat bot, shuningdek, bank xodimlariga murakkab masalalarni qisqa fursatda hal qilish imkonini beradi. Mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilib, ularga individual xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqadi.

Ta’kidlash kerakki, Prezidentimizning 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bank sohasida sun’iy intellektni qo‘llash vazifalari alohida belgilangan. Shu maqsadda O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92513 | Инструменты