Joriy yilning 21-yanvar kuni Toshkent shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)ning “yashil” iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi (GEFF) va savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish dasturi (TFP) doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Bank “Oʻzbekistonda “yashil”savdoni moliyalashtirish boʻyicha yetakchi” hamda “Oʻzbekiston iqtisodiyotini zaxarli gazlardan himoyalashdagi yutuqlari uchun” nominatsiyalari boʻyicha taqdirladi.
“Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
Koʻp yillik oʻzgarishlar jarayonida bank yetakchi xalqaro moliya institutlari, jumladan YETTB bilan hamkorlikda istiqbolli ekologik tashabbuslarni faol ilgari surmoqda.
Bugungi kunga qadar bank tomonidan 25 mln. AQSH dollariga teng “yashil” kredit resurslari jalb qilinib, ular istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirildi.
GEFF dasturi doirasida esa, ekologik va barqaror yechimlarga qaratilgan 50 dan ortiq loyihalar moliyalashtirildi.
Bankning “yashil” kredit portfeli umumiy hajmi 559 mln. dollarga yetdi.
2024-yilda bank tomonidan 142 mln. dollarlik “yashil” kreditlar ajratildi. Bu esa, sezilarli darajada iqtisodiy va ekologik samara keltirdi.
Taqdirlash marosimida davlat idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar, tijorat banklari shuningdek, “yashil” texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilar ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12212 | Инструменты