Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar uchun yoʻlovchi poyezdlariga chegirma e’lon qilingan lekin temir yoʻl kassalarida va ilovada temir yoʻl chiptalari qolmaganligi haqida xabarlarga tarqaldi.
Holat yuzasidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishciha, hozirgi kunda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor kassalar tashkil etilgan.
Ushbu sayyor kassalar orqali talabalar bemalol oʻz yashash manzillariga qatnovchi yoʻlovchi poyezdlari uchun chiptalarni xarid qilishlari mumkin.
Shu bilan birga yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda. Shu o‘rinda 50 foiz chegirma bilan talabalar tomonidan xarid qilingan chiptalar bo‘yicha kunlik ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. 19-dekabr 8:00 holatiga ko‘ra, talabalar tomonidan elektron tarzda 15 465 ta, chiptaxonalardan 3 539 ta, jami 19 004 ta chipta 50 foiz chegirma bilan xarid qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121916 | Инструменты