Og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi.

Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.

Sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida  masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

So‘ng davlat rahbari yoshlar bilan muloqot qildi. So‘zga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

Xususan, mustaqil O‘zbekiston temir yo‘llari tashkil topganining 30 yilligiga temir yo‘l sohasida xalqaro forum tashkil qilish, Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari bilan ekologik masalalarni doimiy muhokama qilish maqsadida Xalqaro kengash tuzish taklif qilindi.

O'zbekistonda organik mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash, “Iqtidorli yosh kadrlar” elektron platformasini ishga tushirish, “Kelajak kasblari loyihasi” doirasida til o‘rganish tartibini takomillashtirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70101 | Инструменты