Huawei 1
Ogoh bo'ling: Rossiyadagi jamoat transportlarida o’zbeklarni urushga chaqiruvchi e’lonlar namoyish etilmoqda!

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi avtobuslar monitorida o’zbek tilida urushga chaqiruv yozilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Unda “Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirganingizda, siz Rossiya Federasiyasi prezidenti farmoniga muvofiq, soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishingiz mumkin", deb yozilgan.

Ma’lum qilinishicha, surat 7-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 18:26da Salaryevo metrosi va Marino aholi punkti oralig‘ida harakatlanuvchi avtobusdan olingan. Bu Rossiyadagi yurtdoshlarimizni urushga chaqiruvchi ishora ekanligini tasdiqlaydi.

Bloger Nurbek Alimovning yozishicha bunday e’lonlar nafaqat avtobuslarda, balki metro va jamoat joylarida ham namoyish etilmoqda.

“Albatta bugungi kunda barcha xurmatga ega davlatlar tomonidan yakkalangan Rossiyaning bir tiyinga qimmat fuqaroligini olishga intiladigan axmoq yo‘q. Agar shunda ham bunday odamlar topiladigan bo‘lsa, unda aniq biz nimalarnidir dahshatli darajada noto‘g‘ri qilyapmiz”-deya yozadi Alimov.

Tashqi mehnat migratsiya agentligi bunday vaziyatlar bo’yicha rossiyadagi yurtdoshlarimizni yana bir bor ogohlikka chaqirdi.

Agentlik Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslik, ziddiyatli hududlarga bormaslik va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so’radi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlar xizmatiga yollanishda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilanganini eslatib o‘tdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq mana shunday holatlar bo'yicha bir necha bor xabar berganmiz:

Rossiyadagi o'zbekistonlik muhojirlar safarbarlikka jalb etilayotgani rostmi?

O'zbekiston elchixonasi Rossiyadagi yurtdoshlarni batalyon tuzish va harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi o'zbekistonliklarni yana ogohlikka chaqirdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11116 | Инструменты