Huawei 2
Oila va xotin qizlar qo’mitasi raisiga xotin-qizlar ta’limi bo’yicha taklif berildi

“Yoshlar oyligi” doirasida Oila va xotin qizlar qo’mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Uchrashuvda 200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Tadbirning asosiy mavzusi xotin-qizlar ta’limi, erta turmush va gender masalalariga qaratildi.

Ochiq muloqot avvalida Ozoda Parpiboyeva ham ayni shu masalalar bo’yicha nutq so’zladi. Rais bu yilgi o'quv yili uchun xotin-qizlarga 4 foizlik kvota ajratilgani, respublika bo‘yicha jami 18 481 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgani haqida aytdi.

Tadbir davomida yoshlar o’z savollari va takliflari bilan qo’mita raisiga murojaat qilishdi. Xuddi shunday takliflardan biri ayollarning oiladagi zo’ravonlikka uchramasliklari uchun o’z huquqlarini bilishlari kerakligi va bu bo’yicha maxsus uslubiy qo’llanma yaratish zarurligi to’g’risida bo’ldi. Ozoda Parpiboyeva bu taklifga o’zining munosabatini bildirdi.

Ma’lumot o’rnida, vazir va yoshlar uchrashuvi Respublika bo’ylab 5000 ga yaqin yoshlarni birlashtirdi. Uchrashuvlar davomida ular ijtimoiy, maishiy masalalar va muammolari yuzasidan rahbariyat vakillaridan javob olishmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63023 | Инструменты