Huawei 1
Oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi

Endilikda Birlamchi tizim qamrovini kengaytirish va yuklamani kamaytirish uchun tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi. Bu haqda Prezidentning  sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqotida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga, aholiga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlari uchun to‘lov bosqichma-bosqich Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali beriladi.

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda statsionar tibbiy xizmatlar kunduzi soat 13:00 ga qadar ishlamoqda.

Shu bois, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

2022 yil 1 maydan boshlab:

- barcha ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda bolalar bo‘limi tashkil etiladi;

- 17 mingdan ziyod tibbiyot brigadalariga yana qo‘shimcha 8,5 mingta bolalar hamshirasi va doya (akusher) shtatlari beriladi.

2022 yil 1 iyuldan boshlab 3-15 yoshli bolalarga yod preparatlari davlat tomonidan bepul tarqatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60600 | Инструменты