Huawei 1
Oliy ta’lim vazirligi yil davomida nechta nodavlat ta’lim muassasasini sudga bergani ma’lum qilindi

Joriy yilda 26 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganilgan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganishlar natijasida aksariyat nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining faoliyatida xato va kamchiliklar, qoidabuzarliklar aniqlangan.

“Faoliyati vazirlik tomonidan o‘rganilgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 1 oy muddat berilgan. Berilgan muddatlarda kamchilikni bartaraf etmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli sudlarga davo arizalari kiritilgan.

Joriy yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Sud jarayonlarida 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan. 4 ta holatda tegishli sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirgan”, deyiladi vazirlik axborotida.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda 69 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganilgan. Shundan 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli sudlarga davo arizalari kiritilgan va 6 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты