Olmazor tumani hokimi vafot etdi

Toshkent shahar hokimligi Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi

Abdumajid Mullajonov uzoq yillar davomida davlat idoralarida samarali mehnat qilib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan edi.

U 1970-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Koʻp yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2019-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Uzreport AA marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51021 | Инструменты