5 iyun kuni soat 06:27 da Toshkent shahar, Olmazor tumani Farobiy 4-tor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yong‘in qurshab olindi.
Aytilgan manzilda yong‘in sodir bo‘lgan shaxsiy xonadonlarning birida yonilg‘i-moylash mahsuloti saqlangani taxmin qilinmoqda.
Vaziyat FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmadi.
Yong‘in 07:34 o‘chirildi. Aytilgan manzilda joylashgan shaxsiy xonadonlar bir biriga tutash bo‘lgani sababli yong‘in natijasida 4 ta xonadon yonib zararlangani aniqlandi.
Yong‘in natijasida jarohatlangan fuqarolar yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60713 | Инструменты