Huawei 1
Ombudsman tomonidan fuqarolar manfaatida jami 4,12 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi

Ombudsman tomonidan fuqarolar manfaatida jami 4,12 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova maʼlum qildi.

Shundan, 1,83 mlrd so‘m ish haqi va mehnat munosabatlariga, 1,49 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik, kompensatsiya va boshqa huquqiy munosabatlarga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, 409 mln so‘mga yaqin aliment to‘lovlari undirilishi hamda Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra 460,5 mln so‘m mln so‘mlik ijtimoiy yordam ajratilishi taʼminlandi.

Ombudsman ko‘magida fuqarolarning 85 mln so‘mlik noreal qarzdorligi bartaraf etildi. 64,5 mln so‘mlik maʼmuriy jarimalar bekor qilindi.

33 nafar fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi. 63 nafar shaxs ish bilan taʼminlandi. 12 ta holatda murojaatchilarning pensiya huquqlari tiklandi .

Ombudsman ko‘magida 20 nafarga yaqin fuqaroning mulk huquqlari tiklandi.

Ombudsman murojaatiga asosan 120 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga yordam ko‘rsatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41104 | Инструменты