Huawei 1
Onasi Rossiyaga ketgan bolalar tog‘asi tomonidan kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yosh bolani xipchin bilan savaladi” sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruv choralari natijasida ushbu holat  Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati Regar tumanida sodir bo‘lgani aniqlangan. Bolalarning onasi ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketgan, ularning tog‘asi esa tazyiq va zo‘ravonlik qilgan. 

Zo‘ravonlik holatiga Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, TojikistonRespublikasi Xatlon viloyati O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani bilan chegaradosh hisoblanib, ushbu aholi yashash punktining aholisining qariyb 70-75 foizini o‘zbek millatiga mansub fuqarolar tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111800 | Инструменты