Huawei 1
O'pka chandig'i uzoq yillarda tiklanadi va bu gohida bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Rustam Ikromov ishtirokida brifing bo'lib o'tdi. Brifingda koronavirus infeksiyasi profilaktikasi va davolash bo'yicha aholi savollariga javob qaytarildi:

Uhan shahrida koronavirusdan sog'ayganlarning 90 foizida hozir o'pka yallig'lanishi kuzatilmoqda ekan. O'pka yallig'lanishini keyinchalik davolasa bo'ladimi?

 Barcha holatlarda ham o'pka yallig'lanishi koronavirus tufayli kelib chiqmaydi. Pnevmoniyani davolashning samarali usullari mavjud va bu kasallikni davolasa bo'ladi.

Koronavirusning eng katta xavfi — o'pka fibrozi, ya'ni o'pka chandig'iga olib kelishidir. Bunda virus havo yetib borish klapanlarini yopadi. Natijada bemor keyinchalik yurak va nafas yetishmovchiligidan aziyat chekadi. O'pka chandig'i uzoq yillarda tiklanadi. Gohida bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin.

O'zekspomarkazda uyda davolanish uchun muolaja yozib berishdi. Lekin dorixonalardan kerakli dorilarni topolmayapman. Qon suyultiradigan dorini topolmasak, qayerga murojaat qilsak bo'ladi?

Uy sharoitida davolanishga shifokor ko'rsatmasini hududingizdagi oilaviy poliklinikaga ma'lum qiling. Poliklinikadagi mobil guruh dastlabki holatiningizni o'rganadi va ajratilishi qat'iy belgilangan tegishli dori vositalari bilan ta'minlaydi. Qo'shimcha dori vositalarini umumiy tartibda xarid qilasiz.

Chet eldan qaytarilayotgan O'zbekiston fuqarolari necha kun karantinda bo'lishadi?

Chet davlatlardan charter reyslar orqali olib kelinayotgan fuqarolar uy sharoitida yoki o'z xohishiga ko'ra mehmonxonada, alohida tashkil qilingan karantin maskanida 10 kunlik karantinga olinadi. Karantin yakunida PZR test tahlili tekshiruvida manfiy natijaga asosan karantindan chiqariladi.

Qirg'izistondan qaytayotganlar ham karantinga olinyaptimi?

Qirg'iziston va boshqa MDH mamlakatlarida uzoq vaqt bo'lib qaytayotgan fuqarolarimiz o'rnatilgan tartibga ko'ra, 10 kunlik karantin maskanlarida yoki xohishlariga ko'ra mexmonxonalarning birida ma'lum to'lov evaziga karantinga olinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63009 | Инструменты