Oqqo‘rg‘ondagi bog'chada zaharlangan tarbiyalanuvchilarning 9 nafari hamon kasalxonada qolib davolanmoqda
Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 avgust 16:00 soat xolatiga ko'ra: tibbiyot muassasalarida jami 9 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining xolati o‘rta og‘ir, 5 nafar bemorning xolati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning xolati qoniqarli.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha maʼlumot beriladi.
Bugungacha shifoxonag yotqizilgan bolalarning 21 nafariga uyiga ruxsat berilgan.
Avvalroq, Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada 12 avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgandi. Bolalarning 6 nafar og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida davolanayotgani, shundan 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan bo‘lib, holati o‘ta og‘ir holatda qolmoqdaligi, va qolgan 19 nafar tarbiyalanuvchilarning holati o‘rtacha og‘ir deb baholangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты