Huawei 1
Ozarbayjon xalqaro qidiruvdagi yana bir shaxsni O‘zbekistonga topshirdi

2000 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi S. O‘. ning jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun ekstraditsiya qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasining so‘rovi qanoatlantirildi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda katta miqdorda zarar yetkazish bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan S. O‘. joriy yilning fevral oyida Ozarbayjonda aniqlanib, qo‘lga olingan va unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida” 2002 yil 7 oktyabrdagi Konvensiyaga asosan, ayblanuvchining ekstraditsiyasi (vatanga topshirilishi) haqida qaror qabul qilinib, u O‘zbekistonning vakolatli organlariga Ozarbayjon Adliya vazirligi Penitensiar xizmatining maxsus konvoyi kuzatuvida topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50803 | Инструменты