Huawei 1
O'zbekiston bo'ylab 10 mingtadan ortiq maktabda bugun "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlari bo'lib o'tdi

Bugun, 5-sentabr kuni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 10 085 ta maktabda 2022-2023-o‘quv yili darslari boshlandi.

Joriy o‘quv yilida 702 000 nafar bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Aytish lozimki, maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Mazkur “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida tashkil etilib, unda xalqimiz ardog‘idagi insonlar, maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari qatnashdi.

Shuningdek, ayni vaqtda respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqil darslari” boshlandi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan katta g‘alabalar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Xalq ta'lim vaziri Baxtiyor Saidov maktab o'quvchilariga yangi o'quv yili munosabati bilan tabrik yo'llagani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53101 | Инструменты