Huawei 2
O'zbekiston Markaziy Osiyoda ochiq ma'lumotlar portallarining eng keng qamrovli ro'yxatiga kiritilgan birinchi mamlakat bo'ldi

O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz ochiq ma'lumotlar portallarining eng keng qamrovli DataPortals.org ro'yxatidan joy oldi.

DataPortals.org bu dunyodagi ochiq ma'lumotlar portallarining to'liq ro'yxati bo'lib, u mahalliy, mintaqaviy va milliy hukumatlar, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar va ko'plab nodavlat tashkilotlar vakillari, shu jumladan, butun dunyodagi yetakchi ochiq ma'lumotlar mutaxassislari guruhi tomonidan nazorat qilinadi. O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz DataPortals.org keng qamrovli ro'yxatiga kirish va unga mos kelishi uchun ekspertlar tomonidan to'liq o'rganilib, muhokama qilingan.

Hozirgi vaqtda 589 ta ochiq ma'lumotlar portallari mazkur keng qamrovli ro'yxatga kiritilgan.

Ayni kunga qadar, O'zbekiston Markaziy Osiyodagi ushbu ro'yxatga ikkita ochiq ma'lumot manbasiga ega bo'lgan yagona mamlakat sifatida kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga