Huawei 1
O'zbekiston Tailand huquq-tartibot idoralari bilan migratsiya masalalarini muhokama qildi

Bangkok shahridagi Bosh konsulxona tomonidan Tailand Phuket Immigratsiya idorasi superintendanti (rahbari) polkovnik Kraingkai Arriyaing, Phuket provinsiyasi prokurori o'rinbosari Tanavich Vimolphan, Patong va Chong Tale politsiya idoralari rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o'tkazildi

Muloqotlar davomida xorij tomoniga O'zbekiston Prezidentining 17-oktabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarori, jumladan, chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo'yicha ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Tailand Immigratsiya idorasi rahbari joriy yil davomida Phuket shahriga 23 mingdan ortiq O'zbekiston fuqarolari tashrif buyurgani, hozirda shaharda 50 dan ortiq O'zbekiston fuqarolari ishchi viza asosida mehnat qilayotganini bildirdi.

Immigratsiya, prokuratura va politsiya idoralari vakillari O'zbekiston fuqarolari ishtirokida qonun buzilishi kamdan-kam uchrashi, respublikamiz fuqarolari mahalliy qonun qoidalarga namunali rioya qilishini alohida ta'kidlandi.

Uchrashuvlar yakunida Tailandda mehnat qilayotgan va sayohat uchun kelgan O'zbekiston fuqarolariga o'z vaqtida konsullik yordam ko'rsatilishini ta'minlash bo'yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122605 | Инструменты