O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun TIV nomidan Xitoy janubi-g'arbida yuz bergan dahshatli zilzila oqibatida halok bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
"O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nomidan Xitoyning Tibet avtonom rayonida sodir bo'lgan dahshatli zilzila oqibatida halok bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Biz bu qayg'uli onlarda jabrlanganlar bilan birgamiz, barcha jarohat olganlarga to'liq va tez shifo tilaymiz".
Xitoy OAV ma'lumotlariga ko'ra, 7-yanvar kuni Xitoy janubi-g'arbida sodir bo'lgan 6,8 magnitudali zilzila oqibatida 126 kishi halok bo'lgan, yana 188 kishi jarohatlangan, minglab qishloq uylari vayron bo'lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11002 | Инструменты