Huawei 1
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

O'zbekiston elchixonasida Lyaonin mexanika, elektrotexnika va texnologiyalar kolleji Partiya kotibi o'rinbosari An Gan bilan uchrashuv o'tkazildi

Uchrashuv Xitoy bilan kasbiy ta'limni rivojlantirish va ta'lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida uyushtirildi.

Muloqot chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasida ta'lim, fan, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi aloqalarni yana-da rivojlantirish hamda yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy vakili O'zbekistonda so'nggi yillarda ushbu sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va mazkur yo'nalishlarda erishilgan ijobiy natijalar bilan batafsil tanishtirildi.

An Gan O'zbekistonda kechayotgan islohotlarni yuksak baholagani holda, o'zbek tomoni bilan yaqindan hamkorlik qilish va yaqin istiqbolda mamlakatimiz universitet va kollejlari bilan mexanika, elektrotexnika va mashinasozlik, yo'nalishlarida qo'shma ta'lim loyihalarini amalga oshirishga, fakultetlar tashkil etishga qiziqish bildirdi.

Xitoy tomoni bilan ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatishga va o'zaro tashriflarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Lyaonin mexanika, elektrotexnika va texnologiyalar kolleji Xitoyning mexanika, elektrotexnika va asbobsozlik sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi oliy kasb-hunar ta'limi muassasasi hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur kollejda o'n mingdan dan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41700 | Инструменты