Huawei 1
O'zbekiston Vengriya bilan inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi

O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya inson huquqlari bo'yicha vakili Akosh Kozma bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog'ida O'zbekistonda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi muhim islohotlar haqida ma'lumot berildi. So'nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotni liberallashtirish va "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" tamoyiliga muvofiq qonun ustuvorligini ta'minlash sohasida keng ko'lamli o'zgarishlar amalga oshirilgani alohida ta'kidlandi.

Aholining zaif qatlamlari, ayniqsa xotin-qizlar, voyaga etmaganlar, qariyalar hamda nogironlarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishda milliy inson huquqlari institutlarining roli ortib borayotgani qayd etildi.

Vengriya tomoni ikki mamlakat ombudsmanlari institutlari o'rtasida o'rnatilgan hamkorlik aloqalarini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi dolzarb xalqaro masalalar bo'yicha muhokamalar o'tkazishga qiziqish bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga