O'zgidrometning xabar berishicha, bugun 29-avgust kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 32-34° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.Havo harorati 22-27° bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51205 | Инструменты