Avstraliyaning Gold-Kost shahrida professional boks turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Oqshom doirasida o‘zbek bokschilariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik superog‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi Teremoana Junior (6-0, 6 KO) o‘zining prof boksdagi oltinchi jangini o‘tkazdi. U germaniyalik Osasu Otobo (11-2-1, 5 KO)ni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi. Bu uning oltinchi jangidagi oltinchi nokautli g‘alabasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 26 yoshli Teremoana hamyurtimiz Bahodir Jalolovga qarshi prof ringda jang o‘tkazish va havaskor boksdagi ikki mag‘lubiyati uchun revansh olish istagida ekanini aytgan edi. Jalolov Parij Olimpiadasining chorak finalida aynan Teremoanani ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10911 | Инструменты