Huawei 1
8-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-fevraldan issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari o‘zgaradi.

Avtobusda naqd pul to‘laganlar jarimaga tortilishi inkor etildi

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, jarima chiptasiz yurganlik uchun belgilanadi.

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda styuardessaga tegajog‘lik qilgan yo‘lovchi 5 sutkaga qamaldi

Shuningdek, jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi uchun BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Tungi klubda qizlarning orqasiga shapaloq bilan urgan yigit qamaldi

Yigit o‘z aybiga iqror bo‘lib, tungi klub rahbariyatidan hech qanday moddiy rag‘batlantirilmaganini maʼlum qilgan.

Alisher Qodirov nima uchun elektron sigaretalar alkogol va tabiiy tamakidan xavfli ekanini tushuntirdi

"Milliy tiklanish" partiyasi rahbari elektron sigaretalarni sotishni taqiqlashga qarshi ovoz bergan hamkasblarini keskin tanqid qildi.

Registonning muzdan ishlangan maketi Xitoydagi mashhur festivalda namoyish etilmoqda

Xitoyning Xarbin shahridagi “Muz va qorning katta olami” tematik parkida 26-qishki muz va qor festivali ochildi.

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi ketma-ket ikkinchi oy qisqarishda davom etmoqda

1-yanvar holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati $41,18 mlrdni tashkil etdi. Bu undan oldingi oyga nisbatan $297,2 mlnga yoki 0,7%ga kamdir.

Toshkentda erkak o‘z ayolining boshiga bolg‘a bilan urib, o‘ldirdi

Sud hukm bilan sudlanuvchi erkak Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismiga asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Toshkent viloyatida onasi kaltaklagan 4 yoshli qiz vafot etdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kichik yoshdagi qiz onasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi.

Iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi

2025-yil 1-iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olina boshlanadi.

Farg‘onada O‘zbekiston Qirg‘iziston Tojikiston Bosh vazirlari uchrashdi

8-yanvar kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlat chegaralari tutashgan nuqtada uch mamlakat hukumatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qibrayda dorilarni elektron retsept asosida berish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim Uzinfocom yagona integratori tomonidan ishlab chiqilgan DMED platformasi orqali ishlaydi.

Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy materiallar roʻyxati e'lon qilindi

Oliy sud 2025-yil 8-yanvar holatiga internetda diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbalar roʻyxatini eʼlon qildi.

Portlash xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Texnik reglament inson hayoti va salomatligini, mol-mulki va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iste’molchilarni chalg‘itadigan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida portlash xavfi bo‘lgan muhitda O‘zbekiston hududida qo‘llanilishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10911 | Инструменты