Huawei 1
O'zbekistonda 6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga qamrov darajasi 96 foizga yetkazildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova tizimni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrov darajasi 76 foizga, 6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga qamrov darajasi 96 foizga yetkazildi. 

Mamlakatning 156 ta chekka mahallalarida 72 ta “Aqlvoy” avtobuslari negizida 9 ming 500 o‘rinli 429 ta mobil guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

YUNISEF bilan hamkorlikda 20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari”ga 496 nafar bolalar qamrab olindi.

Jahon banki bilan hamkorlikda Kosonsoy va Toyloq tumanlarida 3 ta model bo‘yicha “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularga 1 535 ta oila va ularning 1 712 nafar bolalari qamrab olindi.

Tuman va shaharlarda 325 ta tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda elektron doska va planshetlar bilan taʼminlandi.

“Metodik mahorat kuni” tadbirlarini o‘tkazgan direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lash tizimi joriy etildi. 

Joriy yil yanvar oyidan boshlab tuman (shahar)lardagi 1 tadan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv guruhlar tashkil etilmoqda hamda ularda ishlovchi pedagog va mutaxassislarga 10 foizdan 30 foizgacha qo‘shimcha haq to‘lash tartibi joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13103 | Инструменты