O'zbekistonda aholi jon boshiga 1,8 mln so‘mga yaqin bozor xizmatlari ko‘rsatilgan

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar oyida aholi jon boshiga 1,8 mln so‘mga yaqin bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar oyiga (1 446,2 ming so‘m) nisbatan 296,7 ming so‘mga yoki 9,1 foizga o‘sdi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi yillar kesimida (yanvar):

2021-yil – 0,5 mln so‘m

2022-yil – 0,7 mln so‘m

2023-yil – 0,8 mln so‘m

2024-yil – 1,4 mln so‘m

2025-yil – 1,8 mln so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Markaziy bank "Inflyatsiya kalkulyatori"ni ishga tushirgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51419 | Инструменты