Huawei 1
O'zbekistonda “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 27-avgust kuni  Zangiota tumanida qurilgan “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi bilan tanishdi.

Mazkur markaz “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida barpo etildi. Davlat rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.Markazda Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda 20 peta bayt xotiraga ega tizim tashkil etilgan. 580 ta server, umumiy elektr quvvati 5 megavattli dizel generatorlar tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Binoni sovutish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash tarmoqlari ham barcha talablarga javob beradi. Umuman, Ma’lumotlar markazi xalqaro “Uptime” instituti tomonidan beriladigan TIER III sertifikatiga ega."Bu markaz raqamlashtirishning “yuragi”, “Elektron hukumat”ning zamini", - dedi Prezident.

Mazkur markaz ishga tushishi natijasida davlat idoralarining ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlashga sarflaydigan milliardlab harajatlari tejaladi, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi. Eng asosiysi, kiberhujumlardan ishonchli himoya ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61711 | Инструменты