O'zbekistonda ilk turagent faoliyati yo'lga qo'yildi

O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 18 iyul “Turizm to'g'risida”gi O'RQ-549-sonli qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan turagentlik faoliyati tushunchasi kiritildi.

Turagentlik faoliyati o'zi nima?

Turagentlik faoliyati – Turistik mahsulotni targ'ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 433-sonli qarori qabul qilingan va qabul qilingan qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq turagentlik faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilangan.

Shu munosabat bilan, ushbu faoliyat bilan shug'illanish istagini bildirgan Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yunusobod 2 – mavzesi, 33-uy, 49-xonadonda ro'yxatdan o'tgan “VTOUR” XKga 2020 yil 18 noyabrda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan turagentlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etildi.

Poytaxtimizning ushbu yangi sayyohlik agentligining faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51220 | Инструменты