Senatning yalpi majlisida “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, qonun ustuvorligi va qilmish uchun jazo muqarrarligini taʼminlash tamoyili asosida qonunchiligimiz takomillashtirilib, bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Buning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-yanvardagi “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ni PF–11-sonli Farmoni bilan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini taʼminlash, iqtisodiy jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish sohasida qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.Foto: Senat
Prezident Farmoni bilan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga berilgan vazifalar va vakolatlar Qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining zimmasiga byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining profilaktikasini taʼminlash, iqtisodiy jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘liq va xolisona tergov qilish sohasida qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda.
O‘z navbatida, Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga Departamentning jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni yuritish borasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.Foto: Senat
Shuningdek, Qonunga muvofiq Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Byudjet kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati organlarining vakolatlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining zimmasiga yuklatilmoqda.
Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi sohada qonuniylikni, qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanilishini taʼminlashga, shuningdek, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashga xizmat qilishi qayd etildi.Foto: Senat
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12504 | Инструменты