Huawei 1
O'zbekistonda kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 16-18 sentabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 sentabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 17-18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16 sentabrda +12...+17 daraja, 17-18 sentabrda +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 sentabrda kechki tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 17 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 sentabrda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja, 17-18 sentabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 sentabrda Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida biroz . qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi 16 sentabrda +27...+32 daraja, 17-18 sentabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-17 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 17 sentabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-17 sentabrda +9...+14 daraja, 18 sentabrda +6...+11 daraja, kunduzi 16 va 18 sentabrda +18...+23 daraja, 17 sentabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91815 | Инструменты