Huawei 1
O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik munosabatlarni saqlashga imkon beradigan o‘ziga xos model yaratilgan

AOKAda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Milliy madaniy markazlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida joriy yil o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi:

O‘zbekistonda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. 

Markaziy Osiyo xalqlarini uzoq yillar davomida umumiy tarixiy anʼanalar, etnik va tillar hamjamiyati, madaniy bir xillik, hududiy va iqtisodiy aloqalar birlashtirib keladi.

Davlat rahbarining siyosiy irodasi bilan mamlakatimizda bag‘rikenglik tamoyilini mustahkamlash, qo‘shni mamlakatlar bilan yaqin do‘stlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, dunyoga O‘zbekiston bag‘rini keng ochish borasida ko‘lami jihatidan katta va o‘ta muhim ishlar amalga oshirildi.

Milliy madaniy markazlar mamlakatimizda istiqomat qilayotgan boshqa millatlar qadriyatlarini asrab-avaylash, urf-odat va anʼanalari bardavomligini taʼminlash barobarida, yoshlarimizni o‘zga elatlar madaniyatini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 157 ta milliy madaniy markazlar va 38 ta do‘stlik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirmoqda .

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91916 | Инструменты