Huawei 1
O'zbekistonda kuniga 10 ming qadam yurganlarni rag‘batlantirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurishni targ‘ib qilish;
  • yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
  • oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish;
  • aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan mahallalar jamg‘armasiga bolalar maydonchasini qurish, yashil bog‘ yaratish hamda chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini o‘rnatishga 500 million so‘m ajratish.

Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi elektron platforma 2025 yil 1 iyungacha ishga tushirilishi mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10923 | Инструменты