Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qoshidagi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan Oʻz DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standarti ishlab chiqildi.
Mazkur davlat standarti O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2023-yil 7-iyuldagi 05-1559-son buyrugʻi bilan qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-avgustda 195-son bilan hisobga olindi hamda joriy yilning 11-noyabridan amalga joriy etiladi.
Mazkur standartni loyihasini ishlab chiqish jarayonida STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita a’zolari bilan birgalikda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Oʼzbekiston mexmonxonalar uyushmasi ishtirok etdilar. Shunigdek davlat standartiga kiritilgan talablar Hilton, Hampton by Hilton, Hyatt Regency Tashkent, Wyndham Hotels & Resorts mehmonxonalari biznes vakillari bilan o‘zaro kelishildi.
Shu bilan birga, davlat standarti O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishildi.
Oʻz DSt 3220:2023 davlat standarti joylashtirish vositalari va ular tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarga doir umumiy talablarni belgilaydi. Mazkur davlat standartida joylashtirish vositalarining turlari va xillari keltirib oʻtilgan. Unga binoan joylashtirish vositalari mehmonxonalar va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari, ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari, individual joylashtirish vositalari va boshqalarga boʻlinadi.
Davlat standartida bino va unga tutash hudud, texnik jihozlar va asbob-uskunalar, nomer fondi, nomerlarning texnik jihozlanishi, nomerni mebel va inventarlar bilan jihozlanishi, nomerlarni sanitariya-gigienik jihozlanishi, umumiy foydalanish uchun sanitariya obyektlari, jamoat joylari, xizmatlar, xodimlar va ularni tayyorlashga doir talablar, axborot ta’minotiga doir talablar bayon etilgan.
Yangi davlat standarti amalga joriy etilgan sanadan boshlab O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2017-yil 21-sentabrdagi 05-881-son qarori bilan tasdiqlangan O‘z DSt 3220:2017 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standarti o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты