Farg'ona viloyati eng ko’p o'rik eksport qilgan hudud hisoblanmoqda
Respublikada 2022-yilning yanvar-may oylarida o’rik eksporti o’tgan yilgiga nisbatan 36% ga oshgan. Ularning umumiy qiymati $3 mlnga teng bo‘lib, 2,8 ming tonnani tashkil qiladi.
Ma’lum bo’lishicha eng ko’p o'rik 1,5 ming tonna bilan Rossiyaga eksport qilingan. Undan keyingi o’rinda Qozog‘istonga 860 tonna, Qirg‘izistonga 429 tonna o’rik eksport qilingan.
Shuningdek, O’zbekiston hududlari bo’yich ushbu mahsulotni Farg‘ona (1,2 ming tonna), Xorazm (311 tonna), Toshkent viloyati (236 tonna)lari yetkazib bergan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112304 | Инструменты