Sud hukmi bilan S.A pora olish, I.D pora berishda va uni rejalashtirganlikda aybli deb topilsa, ikkalasi ham 5 yilgacha qamalishi mumkin
Prokuratura Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Unda hokim lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Ma'lum bo'lishicha, fuqaro S.A. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, avvaliga o‘zini O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudi sudyasining yordamchisi deb tanishtirgan. Shu orqali go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari $210 ming evaziga uni Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishiga ishontirgan.
Bunga rozi bo'lgan I.D kelishilgan puldan S.A ga $100 mingni berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sud hukmi bilan S.A pora olish, I.D pora berishda va uni rejalashtirganlikda aybli deb topilsa, ikkalasi ham 5 yilgacha qamalishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90815 | Инструменты