1 dekabrgacha tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzgan iste’molchilarning yagona elektron reyestri joriy etiladi.
Joriy yil 16-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining "Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi.
Unda belgilanishicha, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilishning oldini olish hamda ulardan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan Uzenergo mobil ilovasi 1 noyabrgacha ishlab chiqiladi.
Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va ularga murojaati natijalari yuzasidan ma’lumotlar yuboriladi.
Shu yil 1 dekabrgacha huquqbuzarlik holatlari, shu jumladan, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzgan iste’molchilarning yagona elektron reyestri joriy etiladi. Reyestr Energetika vazirligi tomonidan yuritiladi hamda unga kiritilgan ma’lumotlardan manfaatdor vazirliklar va idoralar xavflarni baholash mezoni sifatida foydalanadi.
2023 yil dekabrgacha “O‘zenergoinspeksiya”ning mas’ul xodimlari texnik vositalar, zarur uskunalar (planshet va boshqalar) bilan ta’minlanib, Uzenergo mobil ilovasining to‘liq ishlashi uchun server uskunalari xarid qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты