Huawei 1
O'zbekistonda yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi - Qonun loyihasi

Adliya vazirligi tomonidan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga yo‘l harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Ta’kidlanishicha, qonunchilikda yo‘l belgilarni o‘rnatishning huquqiy asoslari, ularni amalga oshirish tartibi va mexanizmlari aniq belgilab berilmaganligi joylarda huquqni qo‘llash amaliyoti turlicha shakllanishiga olib kelgan. Birgina, 2022-yil davomida tuman va shahar hokimlarining yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi 5 ta qarori bekor qilingan.

Bundan tashqari, taqiqlovchi yo‘l belgilari yo‘l harakati qatnashchilarini oldindan xabardor qilmasdan o‘rnatib kelinmoqda.

Loyihada esa, taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatilishi hamda taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishidan kamida 20 kun oldin bunday qaror qilish sabablari haqida jamoatchilik mahalliy ijro hokimiyati organining tegishli rasmiy internet sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, yo‘l belgilari reyestri shakllantirilishi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmasligi qat’iy belgilanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61009 | Инструменты