Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxlarida pasayish tendensiyasi 2025-yilning yanvar oyida ham davom etdi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning yanvar oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlari tahlil qilindi.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning yanvar oyida mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024-yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi. Xususan:
- "Onix": kam foydalanilgan - 2,4%ga ($14 350 dan $14 000 ga), ko'p foydalanilgan - 1,5%ga ($13 000 dan $12 800 ga);
- "Lacetti": kam foydalanilgan - 0,7%ga ($15 000 dan $14 900 ga), o'rtacha foydalanilgan - 1,4%ga ($14 500 dan $14 300 ga), ko'p foydalanilgan - 1,7%ga ($13 327 dan $13 095 ga);
-"Cobalt": kam foydalanilgan - 1,4%ga ($12 901 dan $12 725 ga), o'rtacha foydalanilgan - 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga), ko'p foydalanilgan - 1,7%ga ($11 700 dan $11 500 ga);
- “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan - 1,8%ga ($11 400 dan $11 200 ga); ko'p foydalanilgan - ($10 500 dan $10 465 ga);
- "Spark": o‘rtacha foydalanilgan - 1%ga ($10 300 dan $10 200 ga), ko'p foydalanilgan - 1,1%ga ($9 300 dan $9 200 ga);
- "Damas": kam foydalanilgan - 0,5%ga ($8 135 dan $8 098 ga), o‘rtacha foydalanilgan - 1,4%ga ($8 000 dan $7 886 ga), ko'p foydalanilgan - 4,1%ga ($7 300 dan $7 000 ga) arzonlashgan.
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Kam foydalanilgan "Equinox" va "Malibu" avtomobillarining o'rtacha narxlarida oshish kuzatilgan bo'lsa-da, o'rtacha va ko'p foydalanilganlari uchun narxlar arzonlashishda davom etdi. Xususan:
"Malibu": o‘rtacha foydalanilgan - 2,1%ga ($29 100 dan $28 500 ga), ko'p foydalanilgan - 1,6%ga ($25 000 dan $24 600 ga) arzonlagan bo'lsa, kam foydalanilgan uchun o'rtacha narx 1,2%ga ($29 650 dan $30 000 ga) oshdi;
"Equinox": o‘rtacha foydalanilgan - 1,6%ga ($30 500 dan $30 000 ga) arzonlab, ko'p foydalanilgani uchun o'rtacha narx ($26 500) o'zgarishsiz qolgan bo'lsa, kam foydalanilgani 0,9%ga ($34 000 dan $34 308 ga) oshgan;
"Tracker": kam foydalanilgan - 1,6%ga ($18 700 dan $18 403 ga), o‘rtacha foydalanilgan - 2,3%ga ($17 700 dan $17 300 ga), ko'p foydalanilgan - 2,9%ga ($17 000 dan $16 500 ga) arzonlashgan.
Elektromobillar narxi: Mazkur davrda ko'p foydalanilgan BYD "E2" ($15 250) va "Yuan Up" ($20 000) elektromobillari narxi o'zgarmagan bo'lsa, boshqa elektromobillar o'rtacha narxlarida arzonlash kuzatildi:
- BYD "E2": yangi - 1,8%ga ($17 100 dan $16 800 ga), o'rtacha foydalanilgan - 2,9%ga ($15 970 dan $15 500 ga);
- BYD "Han": yangi - 0,9%ga ($32 500 dan $32 200 ga), ko'p foydalanilgan - 2,9%ga ($31 750 dan $31 250 ga);
- BYD "Song Plus DM-i Champion": yangi - 0,3%ga ($29 100 dan $29 000 ga), o'rtacha foydalanilgan - 1,1%ga ($27 200 dan $26 900 ga), ko'p foydalanilgan - 2,8%ga ($24 999 dan $24 300 ga);
- BYD "Song Plus EV Champion": yangi - 1,4%ga ($28 500 dan $28 090 ga), o'rtacha foydalanilgan - 3,6%ga ($26 600 dan $25 650 ga), ko'p foydalanilgan - 2,9%ga ($24 050 dan $23 350 ga).
Xorijiy avtomobillar narxi.
-"Elantra": o'rtacha foydalanilgan - 2,3%ga ($21 500 dan $21 000 ga); ko'p foydalanilgan - 4,8%ga ($21 000 dan $19 995 ga);
- "Tucson": kam foydalanilgan - 1,5%ga ($33 500 dan $33 000 ga), o'rtacha foydalanilgan - 0,8%ga ($31 750 dan $31 500 ga); ko'p foydalanilgan - 2,0%ga ($25 500 dan $25 000 ga);
- "Sportage": kam foydalanilgan - 1,4%ga ($29 000 dan $28 600 ga), o'rtacha foydalanilgan - 1,8%ga ($27 500 dan $27 000 ga);
- "Seltos": ko'p foydalanilgan - 2,1%ga ($23 500 dan $23 000 ga) arzonlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21220 | Инструменты