4-fevral kuni USAID’ning Vashingtondagi shtab-kvartirasi yopilgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so'ng, Reuters axborot agentligi AQSh hukumati USAID xodimlari sonini 97 foizga qisqartirishi haqida o'z xabarini e'lon qildi.
AQShda yuz berayotgan ushbu voqealar fonida UzReport TV jurnalisti Gulnoza Husanova "Amerika ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova bilan suhbatlashdi.
USAID bo'yicha tekshiruv oqibatlari qanday bo‘lishi mumkin? Likvidatsiya qilinadimi yoki transformatsiya?
"Endi davlat kotibi Mark Rubio aytyabdiki "AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi hech qayoqqa ketayotgani yo'q, vahima ko'tarmanglar. Biz tekshirayabmiz xaqqimiz bor bunga va men vaqtincha uning rahbariman va u bu vazifani hozir o'zining boshqa bir odamiga yuklagan va faoliyat davom etayabdi" deyabdi. Ya'ni biz hozir bilganimiz shu, endi oxir oqibat bu tekshiruv natijasida bu tashkilot qanchalik kichrayadi, uning tamoman yo'q bo'lib ketishi haqida biz eshitayotganimiz yo'q. Buni Oq uy ham aytgani yo'q, Tramp bergan buyruqda tashkilot vaqtincha yopilib, tekshirilsin deyilgan. Lekin tekshirayabmiz buni va bunga choralar ko'rildi allaqachon va hozir tashkilotning izni tashkilotning taqidiri mutloq Davlat departmentida deyishyabdi. Majburan ishdan bo'shatish hollariga sud chek qo'ygan. Tashkilot xodimlari hozirda maoshli ta'tilda", deydi Navbahor Imamova
Mavzuga doir
Alpha version: 0.9.1.19 build 21221 | Инструменты