Huawei 1
O'zbekistonlik yoshlar Germaniyaning "EUROPA-PARK" tashkilotiga Ausbildungga taklif etilmoqda. Stipendiya 950-1200 yevro

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi "ConsultingUz" tashkiloti bilan hamkorlikda Germaniyaning "EUROPA-PARK" tashkilotiga mehmonxona va gastronomiya sohalari uchun fuqarolarni Ausbildungga taklif etadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • maktab shahodatnomasi;
  • nemis tilidan kamida B1 (Geothe, ÖSD, TELC, ECL) darajadagi sertifikat;
  • 18-30 yosh.

Afzalliklari:

  • stipendiya 950-1200 yevro;
  • yashash joyi topishga ko'mak;
  • tibbiy sug‘urta;
  • kasbiy ta'limdan keyin kafolatlangan ish joyi;
  • aviachipta va aeroportdan transfer.

Tanlovlar o'tkazish hudud va sana:

- Farg'ona shahri - 30-oktabr
- Namangan shahri - 31-oktabr
- Samarqand shahri - 1-2 noyabr

Ro'yxatdan o'tish (2024-yil 28-oktabrgacha)

Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты