Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq va Marhamat tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YATT O.S., “M.A.” MCHJ masʼul shaxslari va “S.” fermer xo‘jaligi rahbari A.O. umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, jami 266,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahar va Qiziltepa tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “R.f.” MCHJ masʼul shaxslari hamda fuqarolar Z.K. va N.J. umumiy ovqatlanish shoxobchasi va noturar binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulab, jami 124,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62812 | Инструменты