Sog‘liqni saqlash tizimida aholiga sifatli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, kasalliklarni profilaktika qilish va erta aniqlash – dolzarb masala.
Shu sababli bugun yurtimiz bo‘ylab tibbiy xatlov o‘tkazilib, fuqarolar salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘rt guruhga ajratib olinmoqda.
Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur guruhlarga kiruvchi aholiga alohida eslatmalar tayyorlangani va 1 tayanch guruhi — amaliy sog‘lom shaxslar uchun tavsiyalar e'lon qilingan edi.
Bu gal 2-past xavf guruhiga mansub fuqarolarga mo‘ljallangan eslatmalar bilan tanishasiz.
Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling!
— kun davomida oz-ozdan 4-5 marotaba taomlaning;
— kamida 400 gr. meva va sabzavotlar, ko‘katlar iste’mol qiling;
— kechki ovqatni 19:00 dan kechiktirmang;
— tarkibida osh tuzi ko‘p bo‘lgan mahsulotlar va tuzlamalarni cheklang;
— tez tayyor bo‘ladigan ovqatlar va gazli shirin ichimliklarni imkon qadar taomnomangizdan chiqarib tashlang;
— shirinliklar, qand-shakar qo‘shilgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini kamaytiring.
Jismoniy faollik!
— kun davomida 45 daqiqa jismoniy mashqlarni bajaring;
— yurishni 1000 qadamdan boshlang, kuniga 10 qadamdan qo‘shib boring;
— o‘zingizga yaqin hamroh bilan kamida 30 daqiqa kechki sayr qiling.
Oilaviy shifokor tomonidan qisqacha profilaktik individual maslahatlar!
— Tana vazningizni doimo nazorat qiling;
—Tamaki chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan hoziroq voz keching.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11516 | Инструменты