Huawei 1
Pensiya jamg‘armasi: Pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan

Avvalroq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston hukumatiga amaldagi pensiya tizimini isloh qilishni tavsiya qilgani haqida xabar bergan edik

Pensiya jamg‘armasi mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Pensiya islohotini o‘tkazish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflar hozirda O‘zbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga taʼsiri va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinmoqda.

"Pensiya tizimiga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar, jumladan, pensiya yoshiga oid masalalar ham, albatta, keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, xalqning fikri va manfaatlarini inobatga olingan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi", deyiladi Pensiya jamg'armasi xabarida.

Ma'lumot o'rnida, hozirda O'zbekistonda pensiyaga chiqish erkaklar uchun 60 yoshni (kamida 25 yillik ish staji bilan), ayollar uchun — 55 yoshni (kamida 20 yillik ish staji bilan) tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72202 | Инструменты