Paxta terimi uyushqoqlik bilan o'tadigan va ish bilan band bo‘lmaganlar uchun serdaromad mavsumiy yumush hisoblanadi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev piskentlik terimchilar bilan uchrashganida bu borada o'z fikr va tavsiyalarini bildirib o'tgan edi. Ayni kunlarda Piskent tumanidagi “Qurbonov Jo‘ra” fermer xo‘jaligida "Mingtepa" mahallasining ko‘ngilli terimchilaridan iborat 25-otryad a'zolari epchillik va ahillik bilan, kuni kecha oppoq ko'rinishdagi paxtazor hosilini yig‘ishtirib olmoqdalar.
Dehqonning maqsadi ham aslida shu, kuzning iliq kunlaridan foydalanib, paxtani tezroq omborlarga yetkazish. Mazkur otryadda jami 153 nafar terimchilar jam bo‘lgan. Ular orasida kuniga 90-100 kilogrammdan tortib, 200 kilogrammgacha hosilni yig'ib-teradigan terimchilar bor.
– Yoshim 61 da, lekin o‘zimni aslo qarigan his qilmayman, – deydi Dono Abduahadova. – Qizim va kelinim bilan birga oilaviy paxta teryapmiz. Kuniga 400-430 kilogramm hosilni terib, har besh kunda 5 million so‘mdan oshiq paxta puli olyapmiz. Bundan tashqari fermerlar har terimchiga 1 litrdan o‘simlik yog‘i ham qo‘shib berishadi. Mavsumda 25 million so‘mdan oshiq daromad qilishni mo‘ljallayapmiz. Terimchilar orasida biz kabi ilg‘orlik bilan ishlayotganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Zumrad Shukrullayeva, Maxsuda Abduqodirovalar ham oila a’zolari bilan birga kuniga 400 kilogrammdan ortiq paxta terishmoqda. Terim puli esa tijorat banklari tomonidan paxtazorning o‘ziga yetkazib berilmoqda.
E'tiborni tortgan yana bir muhim jihat shundaki, "Mingtepa" mahallasida xatto uy bekalari ham xonadon yumushlaridan vaqt orttirib, terim ortidan ham xirmonga, ham oilasi ro'zg'origa baraka kirityaptilar. Bir so'z bilan aytganda, "Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroyli" degan naql aynan mana shu hudud ahliga nisbatan aytilgandek go'yo.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты