“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-73-son, 24.02.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2017-yil 1-dekabrdagi Shanxay hamkorlik tashkilotining budjetini shakllantirish va ijro etish tartibi to'g'risidagi bitimga o'zgartirishlar kiritish haqidagi shartnoma tasdiqlandi.
Shartnoma 2024-yil 16-oktabr kuni Islomobod shahrida imzolangan.
Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Avvalroq, Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasini amalga oshirishga oid xalqaro shartnoma tasdiqlangandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22522 | Инструменты