Huawei 1
Pokistonning Panjob viloyatida O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan sayyohlik biznes-forumi o'tkazildi

O'zbekiston elchixonasi tomonidan "Uzbekistan Airways" AJ bilan birgalikda Pokistonning Panjob viloyatida mamlakatimizning turizm salohiyati, "Toshkent-Lahor" yo'nalishi bo'yicha boshlangan aviaqatnovlarning ahamiyatiga bag'ishlangan biznes-forum o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tadbirda Panjob viloyatining rasmiylari, hududning 500 ga yaqin yirik turistik kompaniyalari va operatorlari ishtirok etdi.

Qatnashchilarga O'zbekistonning e'tiborga sazovor turistik manzillari, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shaxrisabz shaharlarining sayyohlik salohiyati to'g'risidagi taqdimot namoyish etildi. Ushbu shaharlar nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki islomiy madaniyat va muqaddas ziyoratgohlar bilan bog'liq turizmning muhim markazlari ekanligi ta'kidlandi.

Ziyoratchilar uchun maxsus turlarni tashkil etish va muqaddas qadamjolarga tashriflarni yengillashtirish borasida ko'rilayotgan so'nggi yangiliklar Pokiston tomoniga yetkazildi.

"Uzbekistan Airways" AJning mavjud aviayo'nalishlar ko'lami, yo'lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, O'zbekistonning MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga uchuvchilar uchun qulay tranzit xabi sifatida imkoniyati taqdim etildi.

Mamlakatimizning tabiiy, gastronomik, ekologik turizm yo'nalishlardagi noyob salohiyatiga alohida urg'u berildi.

Panjob viloyatining turizm sohasidagi vakillari O'zbekistonning sa'y-harakatlarini yuqori baholab, qo'shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120217 | Инструменты