Toshkent shahrida 2-dekabrdan 6-dekabrgacha boʻlgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, harorat +9° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi — qisman tuman hosil boʻlishi natijasida koʻrish koʻrish imkoniyati pasayishi mumkin. Harorat +1° gacha tushishi mumkin.
3-dekabr kuni havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +10° gacha ko‘tariladi. Kechasi havoning biroz bulutli boʻlishi, tuman hosil boʻlishi natijasida koʻrish imkoniyati pasayishi va haroratning 0° gacha tushishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni kunduzi poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +9° gacha ko‘tariladi. Kechasi biroz bulutli boʻladi, tuman tufayli koʻrish imkoniyati kamayadi. Harorat 0° gacha tushishi mumkin.
5-dekabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +8° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lishi va tuman tufayli ko‘rish imkoniyati pasayishi kutilmoqda. Harorat 0° gacha tushishi mumkin.
Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lishi, harorat +8° gacha ko‘tarilishi mumkin. Dam olish kunlaridan oldingi kecha biroz bulutli bo‘lishi, tuman tufayli ko‘rish imkoniyatining pasayishi kutilmoqda. Harorat -1° gacha tushishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120219 | Инструменты